Yangiliklar
Mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish sharoitida xavfsizligimizga hamda ijtimoiy-ma’naviy barqarorligimizga rahna soluvchi illatlardan biri bo‘lgan odam savdosi – bugungi kunning dolzarb muammolaridan biriga aylandi.
O‘zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Konstitutsiyaning 24-moddasida, “Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir”, – deb e’tirof etilgan. Bugungi kunda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar jahon hamjamiyatida jiddiy tashvish va xavotirlarni keltirmoqda. Eng achinarlisi, bu jinoyatni sodir etuvchilarning ham, bundan jabr ko‘ruvchilarning ham muddaolari mushtarak. Ya’ni, yengil yo‘l bilan daromad topish istagida jinoyat sodir etish – ikki toifadagi odamlarni ham halokat domiga tortmoqda.(Batafsil...)
Sud-huquq sohasida Konstitutsiyaviy talablar asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar tufayli aholining huquq va manfaatlari to‘la ta’minlanmoqda.
Zero, ushbu islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir insonni rozi qilish, ularning ezgu orzularini ro‘yobga chiqarish, pirovardida insonparvarlik tamoyillariga asoslangan demokratik jamiyatni barpo etishdan iboratdir.
Termiz shahar IIB Probatsiya guruhi binosida sayyor sud majlisida jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi raisi I.Shaymanov va shu sudning sudyasi A.Boybilovning raisligida Termiz shahar IIB Probatsiya guruhida jazo o‘tab turgan olti nafar mahkumni Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yuzasidan kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqildi.(Batafsil...)
Joriy yil 25-mart kuni “Yangi asr” radiosining “Huquq olamida” eshittirishida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi O.Qurbonov tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar hamda yer munosabatlari, ularni ijaraga yoki mulk huquqi sifatida jismoniy va yuridik shaxslarga berish sohasidagi islohotlar keng jamoatchilikka tushuntirildi.
Yer nafaqat inson uchun, balki butun jonli mavjudot uchun oziq-ovqat yetishtirish, yashash tarzini belgilab beruvchi birinchi manba hisoblanadi. Azal-azaldan odamlar unumdor yerlarni egallashga, o‘zlashtirishga harakat qilishgan. Sobiq ittifoq davrida odamlarning yerga mulk sifatida egalik qilish huquqi mavjud bo‘lmasdan, barcha yerlar davlat mulki hisoblanardi.
Oxirgi yillarda davlatimizda yerga munosabatni o‘zgartirish, xususiy mulk sifatida foydalanishni rivojlantirish maqsadida xususiylashtirish bo‘yicha qonun normalarini qabul qilish uchun choralar ko‘rildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 8 iyundagi PF-6243-son Farmonining 2-bandida, 2021 yil 1 avgustdan boshlab, yer uchastkalari xususiy sektorga — mulk va ijara huquqi asosida ajratilishi belgilandi(Batafsil...)
Joriy yilning 18-mart kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi mas’ul xodimlari Q.Xujjatov va B.Qodirovlar ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasining modernizatsiya qilingan versiyasidan foydalanish, uning qo‘shimcha afzalliklari, qulaylik hamda imkoniyatlari” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirni adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Hatamov moderatorlik qildi. Tadbir davomida Lex.uz saytining bir qator afzalliklariga alohida to‘xtalib o‘tildi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Joriy yilning 18-mart kuni Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasida tashkil etilgan "Dialog" ko`rsatuvida viloyat adliya boshqarmasining tashkiliy nazorat va tahlil ishlari bo`limi etakchi maslahatchisi Q.Ulug`ov ishtirokida adliya organlariga yuborilgan eng ko`p murojaatlar hamda mazkur sohalar bo`yicha muhokama tashkil etilib, qonunchiligimizda belgilangan talablar haqida tushunchalar berildi.
Joriy yilning 15-mart kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig’ining birinchi o'rinbosari M.Hatamov boshchiligida Sho‘rchi tumanidagi Obodon mahallasida sayyor qabul bo’lib o‘tdi.(Batafsil...)
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va Advokatlar palatasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda joriy yilning 12-mart kuni hududda faoliyat yuritayotgan advokatlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Notarial palatasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori ijrosi yuzasidan ZOOM platformasi orqali o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining 2021 yil 4 avgustdagi hukmiga ko‘ra, O‘rinov Axmad Tolibovich (ism, sharifi o‘zgartirilgan) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari bilan aybli deb topilib, ish haqining yigirma foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 (ikki) yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.(Batafsil)