Yangiliklar
Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi, shahar prokuraturasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Termiz shahar bo‘limi hamkorligida sayyor sud tashkil etildi.
Sayyor sud majlisida voyaga yetmagan farzandlari uchun alimentni to‘lashdan bo‘yin tovlagan besh nafar shaxslarga nisbatan javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.(Batafsil)
Joriy yil 17-fevral kuni Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya bo'limlari hamda yuridik xizmat ko'rsatish markazlarining 2021-yil yakuni bo'yicha hay'at majlisi bo'lib o'tdi. Unda boshqarma hamda tarkibiy tuzulmalar tomonidan erishilgan yutuqlar bilan birgalikda yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar haqida ham to'xtalindi. Shu bilan birga kelgusidagi rejalar belgilab olindi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida xodimlarning maʼnaviy dunyoqarishini oshirish hamda ma'naviy kamolotini yuksaltirish maqsadida "Maʼnaviyat soati" tashkil etildi.
Joriy yil 9-fevral kuni viloyat adliya boshqarmasi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari kotibiyatlari mudirlari va bosh mutaxassislari hamda OAB vakillari ishtirokida o'quv seminari bo'lib o'tdi.
Joriy yilning 1-fevral kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig’i S.Abdurasulov boshchiligida Jarqo‘rg‘on tumanidagi Beshbuloq mahallasida sayyor qabul bo’lib o‘tdi.
Joriy yil 21-yanvarda Denov tuman adliya bo‘limi tomonidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudi, tuman FHDYO bo‘limi, tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, tumandagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar hamda tadbirkorlar ishtirokida tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan davra suhbati o’tkazildi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2021 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha tahliliy
M A ʼ L U M O T
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2020 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda quyidagilar aniqlandi.
I. Boshqarmaga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:
Jumladan, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasiga 2021 yil davomida jami 2473 ta (shundan 1259 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 406 tasi huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solishga oid, 517 tasi ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid, 45 tasi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid, 15 tasi yuridik xizmatlar faoliyatiga oid, boshqa sohalar bo‘yicha 231 ta) murojaatlar kelib tushdi. Kelib tushgan murojaatlarning 2012 tasi hal etildi, 182 tasi tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun yuborildi, 7 tasi qonunda belgilangan asosda va tartibda ko‘rmasdan qoldirildi, 13 tasi hozirda ko‘rib chiqilmoqda.(DAVOMI)
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining 2021 yil IV-chorak harajaatlar va daromadlar to`g`risida ma`lumot.
Adliya organlari faoliyatida shaffoflikni to‘liq ta’minlash, aholi bilan muloqotni yangi darajaga ko‘tarish, manfaatdor shaxslarga adliya faoliyati bo‘yicha keng hajmli axborot berish maqsadida adliya vazirining 2019 yil 12 fevraldagi 52-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ochiq adliya” (“Open Justice”) dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining 32-bandi ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining Inson huquqlarini himoya qilish sohasida 2021 yil davomida viloyat adliya boshqarmasi hamda hududiy adliya organlari (tuman, shahar adliya bo‘limlari) tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar va ko‘rib chiqilgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tahlil qilindi.(Davomi...)