Yangiliklar
Joriy yil 21-yanvarda Denov tuman adliya bo‘limi tomonidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudi, tuman FHDYO bo‘limi, tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, tumandagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar hamda tadbirkorlar ishtirokida tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan davra suhbati o’tkazildi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2021 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha tahliliy
M A ʼ L U M O T
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2020 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda quyidagilar aniqlandi.
I. Boshqarmaga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:
Jumladan, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasiga 2021 yil davomida jami 2473 ta (shundan 1259 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 406 tasi huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solishga oid, 517 tasi ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid, 45 tasi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid, 15 tasi yuridik xizmatlar faoliyatiga oid, boshqa sohalar bo‘yicha 231 ta) murojaatlar kelib tushdi. Kelib tushgan murojaatlarning 2012 tasi hal etildi, 182 tasi tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun yuborildi, 7 tasi qonunda belgilangan asosda va tartibda ko‘rmasdan qoldirildi, 13 tasi hozirda ko‘rib chiqilmoqda.(DAVOMI)
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining 2021 yil IV-chorak harajaatlar va daromadlar to`g`risida ma`lumot.
Adliya organlari faoliyatida shaffoflikni to‘liq ta’minlash, aholi bilan muloqotni yangi darajaga ko‘tarish, manfaatdor shaxslarga adliya faoliyati bo‘yicha keng hajmli axborot berish maqsadida adliya vazirining 2019 yil 12 fevraldagi 52-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ochiq adliya” (“Open Justice”) dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining 32-bandi ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining Inson huquqlarini himoya qilish sohasida 2021 yil davomida viloyat adliya boshqarmasi hamda hududiy adliya organlari (tuman, shahar adliya bo‘limlari) tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar va ko‘rib chiqilgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tahlil qilindi.(Davomi...)
Adliya organlari tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan viloyat matbuot uyida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, OAV va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida “Adliya organlari: Jamiyat ehtiyoji asosiy omil” mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Adliya vazirligining 30 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi xodimlari oʻrtasida sportning shaxmat va stol tennisi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 24-dekabr kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyat umumiy yurisdiksiya sudi sudyalari, viloyat ma'muriy sudi sudyalari, Davlat xizmatlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi, Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi, viloyat qurilish bosh boshqarmasi, Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmasi hamda ushbu tashkilotlarning tuman bo'limlari rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 218-sonli Qaroriga muvofiq, adliya organlariga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini faqat “E-qaror” elektron tizimi orqali amalga oshirilishi hamda bu sohada uchrayotgan kamchiliklar shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 709-sonli Qarori yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 16-dekabr kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda Davlat Soliq qo’mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi hamkorligida o’quv seminari tashkil etildi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Termiz shahar 12-sonli mehribonlik uyida "Mening huquqim" targ'ibot tadbiri boʻlib oʻtdi.