Yangiliklar
2012 йилнинг 6-7-8-декабрь кунлари Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 20 йиллигига бағишлаб, Сурхондарё вилоят ҳуқуқни муҳофаза қилувчи идоралари ўртасида Спартакиада мусобоқалари ўтказилди.
10 декабрь – Ўзбекистон Республикасининг Давлат мадҳияси қабул қилинган кун.
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигининг кенгайтирилган Ҳайъат мажлиси бўлиб ўтди. Мажлисни адлия вазири Н.Йўлдошев бошқарди.
Uzun tumanidagi otaliqqa olingan 20-sonli maktabida tuman adliya bo‘limi YXKM boshlig‘i U.Daniyarov tomonidan "Jinoyat tushunchasi va bu uchun belgilangan javobgarlik" mavzusida amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Dars davomida oʻquvchilar ishtirokida "Huquqiy zakovat" viktorinasi o‘tkazildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahsda g‘oliblar taqdirlandi. Shuningdek, o‘quvchilar oʻzlari qiziqtirgan savollariga amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan batafsil javoblar olishdi.
Dars so‘nggida, darslarda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha ham atroflicha maʼlumot berildi.
Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan "Polvonlar yurti" mahallasida sayyor qabul tashkil etilib, unda 30 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 14 nafar fuqarolar murojaatiga shu joyning o‘zida hal etilgan bo‘lsa 4 nafar fuqarolarning murojaatlari adliya bo‘limining ish yurituviga qabul qilindi.
Shuningdek, 7 nafar fuqaroning davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq murojatlari shu joyning o‘zida hal etilib, sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Sayyor qabuldan so‘ng, bo‘lim xodimari tomonidan uyma-uy yurgan holda aholining huquqiy muammolari o‘rganildi va hal etish choralari ko'rildi.
Bu kabi tadbirlardan maqsad, fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish, og‘irini yengil, uzog‘ini esa yaqin qilishdir.
#Adliya_xabari
#Konstitutsiya
Termiz shahar 1-sonli musiqa va san'at maktabida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahar 1-sonli musiqa va san'at maktabining o‘quvchi va o‘qituvchilari ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, xususan, unda o‘quvchi yoshlar uchun belgilangan huquq va majburiyatlar haqida batafsil tushunchalar berildi.
Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi tibbiyot texnikumida “Korrupsiya – taraqqiyot zavoli” mavsusida seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat rivojiga zararli ta’siri, halollik va shaffoflik tamoyillari, qonuniylikka rioya etishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Jumladan, tadbirda ishtirokchilrga O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va bu borada qabul qilingan boshqa qonunchilik hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ–1-son qarorlarining mazmun-mohiyati va ularda belgilangan vazifalar haqida hamda turli xil jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.