Yangiliklar
2012 йилнинг 6-7-8-декабрь кунлари Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 20 йиллигига бағишлаб, Сурхондарё вилоят ҳуқуқни муҳофаза қилувчи идоралари ўртасида Спартакиада мусобоқалари ўтказилди.
10 декабрь – Ўзбекистон Республикасининг Давлат мадҳияси қабул қилинган кун.
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигининг кенгайтирилган Ҳайъат мажлиси бўлиб ўтди. Мажлисни адлия вазири Н.Йўлдошев бошқарди.
Uzun tumanidagi otaliqqa olingan 20-sonli maktabida tuman adliya bo‘limi YXKM boshlig‘i U.Daniyarov tomonidan "Jinoyat tushunchasi va bu uchun belgilangan javobgarlik" mavzusida amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Dars davomida oʻquvchilar ishtirokida "Huquqiy zakovat" viktorinasi o‘tkazildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahsda g‘oliblar taqdirlandi. Shuningdek, o‘quvchilar oʻzlari qiziqtirgan savollariga amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan batafsil javoblar olishdi.
Dars so‘nggida, darslarda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha ham atroflicha maʼlumot berildi.