Yangiliklar
Tijorat banklari uchun ajoyib yangilik. Endi siz viloyatdagi 15 ta Davlat xizmatlari markazlarida o‘z shoxobchangiz faoliyatini yo‘lga qo‘yishingiz mumkin.
Bunda davlat xizmatlari uchun to'lovlarni qabul qiladigan tijorat banklari shoxobchalarini ijara toʻlovlarini undirmagan holda besh yilgacha muddatga joylashtirish boʻyicha tanlov oʻtkaziladi.
Tanlovda qatnashmoqchi bo‘lgan tijorat banklari Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasiga joriy yilning 18-iyuniga qadar (+998554511148 (6507, 6506, 6503, 6501) murojaat qilishlari mumkin.
Tanlov shartlari bo‘yicha (Batafsil...)
Joriy yilning 9-iyun kuni adliya boshqarmasi xodimlari Q.Ulug‘ov, Sh.Tilovov, S.Yuldashevalar ishtirokida Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialida navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. O‘tkazilgan davra suhbati davomida qonunchiligimiz bilan talaba yoshlarga ta’lim va boshqa sohalarda berilayotgan imtiyozlar, qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati tushuntirildi.(Batafsil...)
Dunyoda hozirgi vaqtda globallashuv jarayonlari ketishi bilan birgalikda, milliy nizolar, elat va xalqlarning o‘z mustaqilligi uchun kurash jarayonlari ham davom etmoqda. Rivojlangan davlatlardan biri bo‘lgan Ispaniyada basklar mustaqil davlat tuzishga harakat qilayotganligi, milliy munosabatlar doim ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmasligidan dalolat beradi.
O‘zbekiston Respublikasida 100 dan ortiq millat va elatlar yashaydi. Ko‘p millatli davlatimizda(Batafsil...)Yuridik xizmatdagi bo'sh ish o'rinlari haqida MA'LUMOT
O‘quv yili yakuniga yetib maktablarda yozgi ta’til boshlanmoqda. Maktab o‘qituvchilari mehnat faoliyati bo‘yicha duch keladigan ayrim huquqiy masalalar bo‘yicha savollarga Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi...(Batafsil...)
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori bilan tasliqlangan “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan ish beruvchi tomonidan o‘rindoshlik asosida ishlovchi xodimlarga har yilgi asosiy, shuningdek o‘rindoshlar haqli bo‘lgan qo‘shimcha ta’tillar asosiy ish joyidagi har (Batafsil...)
ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARI XODIMLARI
DIQQATIGA
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida ichki tanlov o‘tkazish to‘g‘risida E’LON
Ichki tanlov o‘tkazilayotgan tuman (shahar) adliya bo‘limlari bo‘yicha lavozimlar:
BATAFSIL...
1-savol. Fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) saylash huquqiga kimlar ega ?
“Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) saylash huquqiga saylov kuni: o‘n sakkiz yoshga to‘lgan; shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek shahardagi, shaharchadagi, qishloqdagi, ovuldagi mahalla hududida doimiy yashovchi fuqarolar...(Batafsil...)
Tezkor davrda yashayapmiz. Zamon shiddat bilan o‘zgarmoqda. Insoniyat taraqqiyot sari dadil odimlayapti. Globallashuv jarayoni har birimizdan qudratli kuch bo‘lgan so‘zga yanada e’tiborli va mas’uliyatli bo‘lishni talab qilmoqda.
Aksincha, mish-mishlar odamlarni chalg‘itadi, Shov-shuvlar xavotir va ikkilanishga sabab bo‘lib, barqarorlikka rahna solishi mumkin. Biroq uylamay gapiradigan va yolg‘on axborot tarqatayotganlar hamon uchrab turibdi.
Termiz shahrining “Bog‘zor” mahallasida istiqomat qiluvchi Jaxongir Qarshiev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ham ana shunday kishilar toifasidan ekan. To‘g‘risini aytganda, “qahramon”imizning “kashfiyoti” ko‘pchilikning hayoliga ham kelmasligi mumkin. Ammo u ajabtovur hiylani shunday ustamonlik bilan amalga oshirganki, asti qo‘yavering ...
Xullas, Jaxongir Qarshiev 2020 yilning may oyi boshlariga qadar Termiz shahar hokimligida kassir lavozimida ishlagan. O‘z arizasiga ko‘ra 2020 yilning 12 may kuni u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi. Shundan keyin sobiq kassir “o‘zgacha faoliyat turi”ni yo‘lga qo‘yadi. Ya’ni, ishdan ketishda Termiz shahar hokimining birinchi o‘rinbosari G‘aybullo Ergashevni aybdor biladi va 2020 yilning iyul oyida “Damir Umirov” akkaunti orqali “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida qo‘yidagi xabarni joylashtiradi ”... Termiz shahrida xalqni jonini sug‘urib oladigan shovvozimiz bor ekan, bilmay yurgan ekanmiz, tanishing Termiz shahar hokimining kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari G‘aybullo Ergashev. G‘aybullo haqida qisqacha ma’lumot, G‘aybullo poraxo‘rlik faoliyatini g‘aznachilik bo‘linmasida ishlab yurgan kezlari boshlaydi. U keyinchalik Termiz shahar hokimi I.Xudoynazarovga 20 ming dollar berib hokim o‘rinbosari lavozimiga Batafsil...
Tashqi muhitdan yugurik suv misoli oqib kiradigan ming bir illatlar turi borki, ularning loaqal bittasi ham inson ruhiyatida qolib ketsa, uning hayot tarzi davomida u chuqur ildiz otib o‘rnashib olib, jinoyat sodir etish ko‘chasiga kirishga yo‘llaydi.
Yoshi oltmishga yaqinlashib, oq-qorani to‘la ajrata oladigan bir davrda spirtli ichimlik iste’mol qilishdan o‘zini tiya olmagan Muxtor Jo‘raboev (ism-familiyalari o‘zgartirib berilmoqda) 2018 yilda ham jinoyat sodir etib, 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosiga sudlangan bo‘lsa-da, o‘z qilmishlarining nojo‘ya qadamligidan tegishli xulosa chiqarmadi.Batafsil...