Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

10
Халқимизнинг бош қўшиғи

10 декабрь – Ўзбекистон Республикасининг Давлат мадҳияси қабул қилинган кун.

07
Фаровон ҳаётимиз кафолати

Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг йигирма йиллиги муносабати билан Сурхондарё вилоятида “Ўзбекистон Республикаси Конституцияси – мамлакат тараққиёти ва жамият фаровонлигининг ҳуқуқий кафолати” мавзуида тарғибот тадбирлари ўтказилмоқда.

22
Хусусий сектор қўллаб-қувватланмоқда

Термиз шаҳрида “Ўзбекистон ижтимоий масъулиятли фуқаролари форуми” фаолиятига бағишланган тадбир бўлиб ўтди.

31
Ҳайъат мажлиси

Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигининг кенгайтирилган Ҳайъат мажлиси бўлиб ўтди. Мажлисни адлия вазири Н.Йўлдошев бошқарди.


12
Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар экспертизаси

Адлия вазирлиги Қонунчиликка риоя этилиши устидан назорат қилиш бош бошқармаси Сурхондарё вилоят ҳудудий бўлими томонидан вилоят ҳокимлиги билан ҳамкорликда “Маҳаллий давлат ҳокимияти органларида Ўзбекистон Республикасининг “Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўғрисида”ги Қонунининг ижроси: амалиёт ва муаммолар” мавзусида давра суҳбати ўтказилди.

“Polvonlar yurti" mahallasi huquqiy muammolardan holi hududga aylanmoqda

Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan "Polvonlar yurti" mahallasida sayyor qabul tashkil etilib, unda 30 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 14 nafar fuqarolar murojaatiga shu joyning o‘zida hal etilgan bo‘lsa 4 nafar fuqarolarning murojaatlari adliya bo‘limining ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, 7 nafar fuqaroning davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq murojatlari shu joyning o‘zida hal etilib, sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Sayyor qabuldan so‘ng, bo‘lim xodimari tomonidan uyma-uy yurgan holda aholining huquqiy muammolari o‘rganildi va hal etish choralari ko'rildi.

Bu kabi tadbirlardan maqsad, fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish, og‘irini yengil, uzog‘ini esa yaqin qilishdir.

Termiz shahar 1-sonli musiqa va san'at maktabida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

#Adliya_xabari
#Konstitutsiya

Termiz shahar 1-sonli musiqa va san'at maktabida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahar 1-sonli musiqa va san'at maktabining o‘quvchi va o‘qituvchilari ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, xususan, unda o‘quvchi yoshlar uchun belgilangan huquq va majburiyatlar haqida batafsil tushunchalar berildi.

Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq!

Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi tibbiyot texnikumida “Korrupsiya – taraqqiyot zavoli” mavsusida seminar tashkil etildi.

Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat rivojiga zararli ta’siri, halollik va shaffoflik tamoyillari, qonuniylikka rioya etishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Jumladan, tadbirda ishtirokchilrga O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va bu borada qabul  qilingan boshqa qonunchilik hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  03.01.2025-yildagi PQ–1-son qarorlarining mazmun-mohiyati va ularda belgilangan vazifalar haqida hamda turli xil jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Mahallalarda "Zukko kitobxon" tanlovi o‘tkazilishi davom etmoqda

Uzun tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi "Obizarang" mahallasida  yoshlar o‘rtasida  “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.

Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchi yoshlarga  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ-1-son “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  qaror haqida hamda bezorilik, firibgarlik, o‘g‘irlik va boshqa jinoyatlar va ularning oqibatlari bo‘yicha huquqiy tushunchalar berildi.

Mening Konstitutsiyam — 33 yoshda!

Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchilari va talabalaridan iborat targ‘ibot guruhi Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida bo‘lishdi.

Tashrif davomida:
???? Adliya organlari faoliyati, ularning jamiyatdagi o‘rni va dolzarb vazifalari yuzasidan nazariy hamda amaliy ma’lumotlar berildi.

????Bunday uchrashuvlar yoshlarimizda huquqiy madaniyatni yanada yuksaltiradi, ularni kelajakda malakali yuridik kadrlar bo‘lib shakllanishi uchun muhim zamin yaratadi.

???????? Konstitutsiya — har birimizning huquq va erkinliklarimiz kafolati!