Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

25
Xotin-qizlar faollari uchun seminar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig'iga asosan, Qumqo'rg'on tumanida mahalla xotin-qizlar faollari uchun o‘quv seminar tashkil etildi. (Batafsil...)

24
Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Idrok intellektual o‘yinlarining hududiy bosqichiga start berildi.

Shunga ko‘ra, Idrok intellektual o‘yinining tasdiqlangan nizomiga muvofiq Surxondaryo viloyat yuridik texnikumi o‘quvchilaridan shakllantirilgan 9 ta jamoa ishtirokida tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. (Batafsil...)

23
Konstitutsiya - inson huquq va erkinliklarining kafolati

Har bir xalq, millat o‘z istiqloliga erishganidan so‘ng jahonda yangi mustaqil davlat sifatida tashkil topganligi, maqsadi, kelajak istiqbollarini Konstitutsiyada belgilab qo‘yadi. Chunki dunyodagi mavjud konstitutsiyalarning barchasi ularni ijod etgan xalqning, millatning siyosiy tafakkuri, ma’naviyati va madaniyati bilan uzviy bog‘liqdir. Xuddi shu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ham xalqimiz tabiatiga mos barcha ma’naviy-madaniy qadriyatlarni, xalqimiz donishmandligini, axloqiy fazilatlarini o‘zida mujassam etgan.Batafsil...

22
#Konstitutsiyamizning_30_yilligi

#Konstitutsiyamizning_30_yilligi (Batafsil...)

21
Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloq qoidalariga amal qilishi talab etiladi.

"Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaror mazmuni hamda davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalarini targ‘ibot-tashviqot qilish maqsadida bugun Bandixon tuman hokimligi majlislar zalida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i R.Xurramov ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo'lib o'tdi. (Batafsil...)

20
Mahkumlarning huquq va majburiyatlari nimalardan iborat?

Mahkumlar, JIK va boshqa qonunlarda belgilangan istisno hamda cheklashlar inobatga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan huquqlar, erkinliklarga ega bo‘ladilar va majburiyatlarni bajaradilar. Mahkum ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan huquqlar, erkinliklarga ega bo‘lishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin. (Batafsil...)

19
#Sayyor_xizmat_qulay_imkoniyat

Insonga baxtli lahzalarni hadya etish uchun unga ko‘mak qo'lini cho‘zmoq,  mushkulini oson qilishga tirishishning o‘zi kifoya. Ayniqsa, to‘shakda mixlanib qolgan, keksa yoki imkoniyati cheklangan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ular uchun umrga tatigulik yaxshilik bo'lsa ajabmas. (Batafsil...)

18
#Muqaddasdir_Vatan_bayrog‘i

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Q.Ulug‘ov ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasida davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi va bayroq qabul qilingan kun, Konstitutsiyamizning 30 yilligi munosabati bilan targ‘ibot tadbiri tashkil qilinib, “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni hamda bosh qomusimiz bilan belgilangan huquq va majburiyatlarimiz xususida tushuntirishlar berildi. (Batafsil...)

17
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli Qarori targ'iboti

Barchamizga ma’lumki, joriy yilning 14-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli Qarori qabul qilindi. (Batafsil...)

16
Trening tafsilotlari

Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi* doirasida vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislari hamda davlat idora va tashkiloti mas’ullari uchun tashkil etilgan 3 kunlik trening o‘z ishini yakunladi. (Batafsil...)